Tumanda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida (194-son)
13.02.2013
Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan keyingi yillarda respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xonqa tuman Obodonlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga*, uning tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman xokimining birinchi oʻrinbosari (B. Abdullayev) va tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi (R. Umirov) tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga joy ajratilishini va zarur xollarda maʼmuriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirish choralarini koʻrishsin.
4. Tuman xokimining birinchi oʻrinbosari (B. Abdullayev) tuman Obodonlashtirish boshqarmasini malakali mutaxassislar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlashni taʼminlasinlar.
5. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim O. JUMANAZAROV
Xonqa sh.,
2013-yil 13-fevral,
194-son
