Xiva tumanida traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (25-son)
25.01.2013
xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Xiva tuman qishloq xoʻjaligi boʻyicha inspektori (M. Imomov)ga tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-martdan 1-aprelgacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undiriladi.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 13-fevraldagi 24-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha bosh inspektor (M. Imomov)ga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim D. ALLAKULIYEV
Xiva sh.,
2013-yil 25-yanvar,
25-son
Tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi aʼzolari
roʻyxati
Tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 25-son qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
