Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida (KQ-90-II-son)
12.09.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10 va 11-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining vakolat muddati 2013-yil noyabr-dekabrda tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi saylovini oʻtkazish muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylari etib belgilansin.
2. Boʻlajak saylovda 9756 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning 97 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2013-yil noyabr-dekabrda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2013-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shahar hokimlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarurat boʻlganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga oʻz saylov okruglarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etishda faol ishtirok etish;
ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirsin hamda 2014-yil 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga saylov yakunlari toʻgʻrisida axborot bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-sentabr,
KQ-90-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 12-sentabrdagi KQ–90–II-sonli Qaroriga 1-ILOVA
2013-yil noyabr-dekabrda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir
TADBIRLAR REJASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 12-sentabrdagi KQ–90–II-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
T A R K I B I
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 9 -son, 260-modda)
