Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha saylov byulletenlari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (KQ-91-II-son)
25.09.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining saylovi boʻyicha saylov byulleteni namunasi tasdiqlansin (2-ilova).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi ushbu namunalarni joylardagi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalariga yetkazishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-sentabr,
KQ-91-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-sentabrdagi KQ-91-II-sonli Qaroriga 1-ILOVA
Ovoz berish vaqtida bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan saylov varaqasi haqiqiy emas deb topiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-sentabrdagi KQ-91-II-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Agar raqamlangan katakdagi bittadan ortiq boʻsh kvadratga belgi-krestik (+) qoʻyilgan boʻlsa yoki bittasiga ham bunday belgi qoʻyilmagan boʻlsa, saylov varaqasi haqiqiy emas deb topiladi.
