Toshkent shahrida 2013/2014-yillarda qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (740-son)
20.09.2013
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli bayonnoma topshirigʻi ijrosini taʼminlash hamda Toshkent shahrida 2013/2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilish asosida shahar aholisini arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻlaqonli qondirish maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi dehqon bozorlari qoshida tashkil etilgan “Elga xizmat” shoʻba korxonalari, ijtimoiy soha muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, sanoat korxonalari va tashkilotlar hamda mahallalarning 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
2. Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash taqsimoti 1-ilovaga, Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash masalalarini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga, maʼlumot berishning namunaviy shakllari 3a, 3b, 3v-ilovalariga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Toshbozorsavdo” uyushmasi (A. Xamrayev), “Elga xizmat” shoʻba korxonalari, tuman hokimliklariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq, Bekobod va Boʻka tumanlaridagi fermer xoʻjaliklari bilan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzib, toʻlovlari oʻrnatilgan tartibda amalga oshirilsin va mahsulotlarni joyida saqlashga ruxsat berilsin;
Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” OAJ oʻrtasida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, karam, guruch) zaxiraga gʻamlash uchun shartnoma tuzish hamda belgilangan miqdorda mahsulotlarni yetkazib berilishini taʼminlash;
savdoga jalb qilingan sotuvchilarni zarur miqdorda tosh-torozi, kerakli uskunalar, rastalar hamda maxsus joylar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar boʻlimi (J. Inogʻomov), tuman boʻlimlari bilan birgalikda:
tuzilgan shartnomaga asosan 66483 tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, karam va guruch) shahardagi 475 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining qish-bahor mavsumida isteʼmoli uchun 2013-yil sentyabr-noyabr oylarida ommaviy tarzda avtotransportlarda koʻchma savdo orqali savdosi tashkil etilishini taʼminlasin;
har bir mahallada mahalla oqsoqoli boshchiligida shtab tuzilib, mahalla aholisi orasida zaxira yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilsin, aholi uchun mahallada savdo uchun qulay boʻlgan markaziy joylar belgilansin hamda mahallada tuzilgan shtab aʼzolari tomonidan olib kelib sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxi doimiy nazoratga olinsin.
5. Toshkent shahridagi 1-ilovadagi sanoat korxonalari, taʼlim muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz ishchi xodimlarining qish-bahor mavsumida isteʼmoli uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish maqsadida, Toshkent viloyati tumanlarida tashkil etilgan davlat korxonalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish va mablagʻlar oʻtkazib berish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
6. Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U. Baxodirov), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar boshqarmasi (N. Alimov):
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlovchi korxonalar tomonidan kredit va naqd pul mablagʻlariga taqdim etilgan buyurtmalar ijrosi yuzasidan har 10 kunda tahliliy maʼlumotlar Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib borilsin;
“Elga xizmat” shoʻba korxonalari va Toshkent viloyati tumanlaridagi tashkil etilgan davlat korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maqsadli kredit resurslarini belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasin hamda ushbu masalaga shaxsan javobgar etib tayinlansin.
7. Savdo, xizmat koʻrsatish va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshbozorsavdo” uyushmasi (A. Xamrayev), Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (E. Akbarov), Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (B. Mamajonov), Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (F. Inoyatov), kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar, oliy oʻquv yurtlari rektorlari, tuman hokimlari:
tasarrufida mavjud zaxira omborlarini, sovutish kameralarini joriy hamda kapital taʼmirlash va mavsumga tayyorlash ishlarini tashkil etsinlar;
2013-yil sentyabr-noyabr oylarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxiraga qoʻyish tarmoqli grafigini ishlab chiqsinlar va ijrosi yuzasidan kundalik monitoring oʻrnatib, Toshkent shahar hokimligiga taqdim etsinlar;
Toshkent shahridagi dehqon bozorlari qoshida tashkil etilgan “Elga xizmat” shoʻba korxonalari, ijtimoiy soha muassasalari, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda mahallalarda 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlari bajarilishini taʼminlash yuzasidan nazorat mexanizmi oʻrnatish uchun 3a, 3b va 3v-ilovalardagi shakllarga asosan tahliliy maʼlumotlarni Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib borsinlar.
8. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti, “Toshbozorsavdo” uyushmasi, “Elga xizmat” shoʻba korxonalari, korxona va tashkilotlar, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalari rahbarlari, tuman hokimlarining aholini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, mahsulotlarni bir maromda va arzon narxlarda yetkazib berish masalalariga shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
9. Toshkent shahar hokimligi maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha yordamchisi (A. Akromov), Axborot xizmati (X. Ermatov):
“Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida eʼlon qilinsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F. Ziyayev hamda Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi R. Abdumajitov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-sentabr,
740-son
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash
taqsimoti
(1-ilova Toshkent shahar hokimining 2013-yil 26-noyabrdagi 940-sonli qarori tahririda)
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash masalalarini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruhi
tarkibi
Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar guruh tarkibiga kiritiladilar.
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga 3 a-ILOVA
Maʼlumot berishning
Namunaviy shakli
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2013-yilning sentyabr—noyabr oylari davomida doimiy ravishda har hafta Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib boriladi.
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga 3 b-ILOVA
Maʼlumot berishning
Namunaviy shakli
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2013-yilning sentyabr — noyabr oylari davomida doimiy ravishda har hafta Toshkent shahar hokimligiga takdim etib boriladi.
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga 3 v-ILOVA
Maʼlumot berishning
Namunaviy shakli
Izoh: ushbu maʼlumotlar 2013-yil 1-dekabrdan 2014-yil 1-iyungacha doimiy ravishda har hafta Toshkent shahar hokimligiga taqdim etib boriladi.
