Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (662-son)
22.08.2013
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan va Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2013-yil 3-iyuldagi 01/14-422, № 47 va B.Yu/03-04-06/182-1-sonli xatiga asosan Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 12-iyundagi № 02/02-1-74 sonli topshirigʻini bajarish maqsadida “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 1052-sonli qarori 1-ilovasidagi alohida shartlar qismi quyidagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“***Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013-yil 12-iyundagi № 02/02-1-74 sonli topshirigʻiga asosan Mudofaa vazirligi sport zali Oʻzbekiston Respublikasi basketbol federatsiyasining yozma murojaatiga asosan ijaraga berilishida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkalari qoʻllaniladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishi nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.S. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-avgust,
662-son
