Tuman hududida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida (183-q-son)
11.06.2013
navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori hamda tumandagi xalq xoʻjaligi tarmoqlari, shirkat va fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar, kichik korxonalar, xususiy firmalar va fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalari sonini aniqlash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, transport vositalarida sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish va atrof muhitni tozaligini saqlash maqsadida hamda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2013-yil 6-iyunda 05/1413-sonli xat bilan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xulosasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Tuman ichki ishlar boʻlimi (I. Sherov), tuman mudofaa ishlari boʻlimi (I. Jumaniyozov) larga:
tijorat asosida yoʻlovchilar uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrindigʻidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashuvchi maxsus transport vositalari, traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalari texnik koʻrigini birinchi marta 2013-yil 11-iyundan 30-iyungacha, ikkinchi marotaba 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha boʻlgan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
2. Tumanda transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi YXXG (S. Bekmurodov)ga;
texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida transport vositalarining texnik holatini tekshirish OʼzDSt 1057-2004 va OʼzDSt 1058-2004 davlat standartlari talablari asosida hamda transport vositalarining sugʻurtalanganligi va ularga oʻrnatilgan gaz balonlarini sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalaridagi oʻlchov va sinov vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida” gi Qonun talablari asosida qiyoslashdan oʻtkazish;
texnik koʻrikni sifatli oʻtkazish maqsadida koʻchma sinov laboratoriyasi ishlashini tashkil etish;
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilayotgan avtobus va mikroavtobuslarning texnik holatini nazorat oʻlchov asboblari yordamida tekshirish amaliyoti diagnostika va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki texnik jihozlarga ega boʻlgan yirik avtokorxonalarda yoʻlga qoʻyish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, texnik koʻrikdan oʻtgan har bir transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan taʼminlash yuklatilsin.
4. Tuman Shimoliy Kon boshqarmasi (Y. Zolotaryov) hamda korxona va tashkilot rahbarlari zimmasiga:
yillik majburiy texnik koʻrikni sifatli va oʻz muddatlarida oʻtkazish uchun malakali xodim bilan taʼminlash (oylik maoshi saqlangan holda) choralarini koʻrish;
texnik koʻrik jarayonida aholiga yengillik yaratish maqsadida YXXG, sugʻurta xizmati bilan birgalikda texnik koʻrikni aholi tigʻiz joylashgan punktlariga tashkil etish;
shaxsiy transport vositalarining texnik koʻrigi jadvalini belgilashda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash;
davlat transport vositalarini belgilangan jadval asosida texnik koʻrikdan oʻtkazishda tegishli toʻlovlarning birinchi navbatda undirilishini nazorat ostiga olish yuklatilsin.
5. Yuridik shaxslarning hisobida turgan transport vositalarining soz holda boʻlishiga shaxsan rahbarlar masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin va yigʻilishlarida texnik koʻrik komissiyasining yillik texnik koʻrikka tayyorgarlik koʻrish natijalari boʻyicha hisobotlarini har chorak yakunida tinglanib, har chorak yakuni bilan tadbir natijalari boʻyicha maʼlumotlar keyingi oyning 5-sanasiga qadar tuman hokimligiga taqdim etilsin.
6. Tuman IIB (I. Sherov)ga mazkur qarorning ijrosi yuzasidan 2013-yil 10-noyabrga qadar tuman hokimligiga axborot taqdim etish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Qaxxorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. YORMATOV
Uchquduq t.,
2013-yil 11-iyun,
183-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 11-iyundagi 183-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi
TARKIBI
Tuman hokimining 2013-yil 11-iyundagi 183-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Uchquduq tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2013-yil uchun yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
