Respublika oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-144-son)
12.02.1991
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
Respublika oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish, oʻrmonlarning tabiatini muhofaza qilish va yerlarni tubdan yaxshilash sohasidagi ahamiyatini oshirish, shuningdek, oʻrmonzor yerlardan oqilona foydalanish maqsadida:
1. “Uzbekles” Ittifoq-respublika oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston SSR Davlat oʻrmon komitetiga aylantirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq I.H. Joʻrabekov) respublika oʻrmon xoʻjaligi samaradorligini oshirish masalalariga doir qaror loyihasini tayyorlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-fevral,
PF-144-son
