Tuman hududidagi yoʻlovchi tashish transportlarida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish, yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (X-476/6-son)
17.06.2013
QAShQADARYo VILOYaTI Shahrisabz tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi “Shahar yoʻlovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida”gi 350-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid Nizom”ga muvofiq bozor iqtisodiyoti sharoitida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, aholini transport orqali tashishda qulay shart-sharoitlar tashkil qilish, arzon transport xizmatini koʻrsatish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Yoʻl xavfsizligini taʼminlash boʻyicha komissiya yangi tarkibi 1-ilovaga, Yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahrisabz shahar yoʻlovchi tashish transporti boshqarmasining tuman ichi hududidagi barcha yoʻnalishli taksilar bilan tuzgan tender shartnomalarini bekor qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman ichi yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida ochiq tender tanlovini oʻtkazish uchun “Kesh” gazetasiga eʼlon berilsin va ochiq tender tanlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlarda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazishga oid chora-tadbirlar dasturi”ga asosan oʻtkazilsin.
4. Shahar ichi yoʻnalishlarini avtobus bilan taʼminlash choralarini koʻrish Shahrisabz shahar yoʻlovchi tashish transporti boshqarmasi boshligʻi (Sh. Raxmonov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Tuman IIB YHXB boshligʻi (F. Ovlayev) Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-sonli qaroriga asosan:
a) yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari ish rejimini qonun talablari asosida qayta koʻrib chiqish, tashishlar faqat kunning yorugʻ vaqtida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
b) yoʻlovchi tashuvchi transportlarda (yirik hayvonlar, katta hajmdagi ehtiyot qismlar va har xil buyumlar) tijorat maqsadida ortiqcha yuklar olib yurilishini taqiqlash, shunday holatlar aniqlanganda yoʻlovchi tashish uchun berilgan litsenziyalarni belgilangan tartibda bekor qilishni koʻrib chiqish;
v) uzoq masofalarga yoʻlovchi tashuvchi avtobuslarni koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan, 2 nafardan kam boʻlmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
6. Shahrisabz shahar yoʻlovchi tashish transport boshqarmasi boshligʻi (Sh. Raxmonov)ga tumandagi barcha avtotransport korxona rahbarlari bilan avtobuslarning qatnov jadvalini yuqoridagi bandga moslashtirib joriy yilning 30-iyun kunigacha qayta ishlab chiqish va har bir avtobus yoʻnalishi joʻnash vaqtini aniq belgilab tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (F. Ovlayev) bilan kelishilgan holda tasdiqlash vazifasi yuklatilsin. Tasdiqlangan qatnov jadvalining belgilangan muddatlarda bajarilishiga avtotransport korxonalari rahbarlarining shaxsan javobgarliklari belgilab qoʻyilsin.
7. Tuman hokimligining 2009-yil 30-yanvardagi X-32/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruhi (F. Ovlayev)ga tumandagi mavjud boʻlgan barcha avtobuslarni qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Texnik holati talabga javob bermaydigan avtotransport vositalarini yoʻlovchi tashish faoliyatida foydalanish qatʼiyan taqiqlansin.
8. Tuman IIB (A. Yuldashev), Shahrisabz shahar yoʻlovchi tashish transport boshqarmasi (Sh. Raxmonov) va tuman davlat soliq inspeksiyasi bilan birgalikda tumanda yoʻlovchi tashish faoliyatini takomillashtirish, yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qonunda va belgilangan meʼyoriy hujjatlar asosida faoliyat olib borayotganligini oʻrganish, aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin.
9. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi (A. Alimardonov), tuman tibbiyot birlashmasi (J. Sohibov) va tumandagi barcha oʻquv muassasalari rahbarlari bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarida, maktablarda va muassasalarda, bolalar istirohat bogʻlari, teatr va kinoteatrlarda yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilishga oid tadbirlarni hamda sahna tomoshalarini, oʻquv muassasalarida harakat xavfsizligi maydonchalari va burchaklarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
10. Shahrisabz televideniyasi (G. Uzoqova)ga va “Kesh” gazetasi (S. Primov)ga harakat xavfsizligi toʻgʻrisida matbuotda muntazam ravishda keng yoritib borish harakat xavfsizligini targʻib qiluvchi maxsus videoroliklar namoyish etish va joylarda tuman IIB YHXB bilan birgalikda reydlar tashkil qilish tavsiya etilsin.
11. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (B. Mamatov)ga mahallalarda yoʻl harakati xavfsizligini bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazoratga olish tavsiya etilsin.
12. Tuman yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash komissiyasi belgilangan reja asosida tumanda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsinlar.
13. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (T. Sulaymonov) zimmasiga yuklatilsin.
14. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. NOROV
Shahrisabz t.,
2013-yil 17-iyun,
X-476/6-son
Tuman hokimining 2013-yil 17-iyundagi X-476/6-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hokimligi huzuridagi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash komissiyasining
TARKIBI
Tuman hokimining 2013-yil 17-iyundagi X-476/6-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish, yoʻllarning texnik holatini tubdan yaxshilash, shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan
ChORA-TADBIRLAR
