Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida (2515-son)
09.10.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli 1-ilovaga muvofiq;
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 30-oktabrdagi 98-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot shakli va ularni toʻldirish boʻyicha Qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1744, 2007-yil 29-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 493-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-sentabr,
83-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT 20___ yil uchun
Auditorlik tashkilotining nomiPochta manziliAuditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasiUstav kapitaliSoliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiFiliallar Auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzoligiXalqaro auditorlik tashkilotiga yoki xalqaro assotsiatsiyaga aʼzoligiTelefon, elektron manzil, veb-sayt
I. Auditorlik tashkiloti rahbari
(I bob jadvali Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2515-3, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2515-3/2886-son)
II. Tashkilot xodimlarining soni
* mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan auditorlar koʻrsatiladi.
III. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
Koʻrsatkichlar nomi Satr raqami Hisobot yilida Oʻtgan yilda auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni xizmatlar summasi (ming soʻm) auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni xizmatlar summasi (ming soʻm) 1 2 3 4 5 6 Auditorlik xizmatlari hajmi — jami, 12 shu jumladan: X X X X a) majburiy auditorlik tekshiruvlari 13 b) tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari 14 v) tahliliy tekshiruvlar va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar 15 g) turdosh xizmatlar 16
IV. Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Koʻrsatkichlar nomiSatr raqamiHisobot yilidasonixizmatlar summasi (ming soʻm) 1234Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — jami,19shu jumladan:XXaksiyadorlik jamiyatlari20 (21, 22, 23, 26, 27-satrlardan tashqari) banklar va boshqa kredit tashkilotlari21sugʻurta tashkilotlari22qishloq xoʻjaligi kooperativlari221 investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar23manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar (bundan bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan jamoat fondlari mustasno)24ustav fondida davlatga tegishli ulush boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar26(20, 21, 22, 23, 27-satrlardan tashqari) birjalar27boshqa tijorat tashkilotlari 271
V. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi
(V bobning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 19-oktabrdagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2515-2, 03.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 44-son, 518-modda)
VI. Auditorlik xulosalari
Koʻrsatkichlar nomi Satr raqami Hisobot yilida soni, jami shundan auditorlik xulosalar ijobiy fikr bildirilgan salbiy fikr bildirilgan izohlar bilan fikr bildirilgan fikr bildirish rad etilgan 1 2 3 4 5 6 7 Berilgan auditorlik xulosalarining soni-jami 38 shu jumladan: X X X X X majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha 39 tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha 40 38-satrdan: X X X X X Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarga berilgan xulosalar soni 41
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Auditorlik tashkilotlari tomonidan Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni (bundan buyon Maʼlumot deb yuritiladi) taqdim etish auditorlik tashkilotining majburiyatlaridan biri hisoblanadi.
2. Maʼlumot 31-dekabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yozma yoki “Audit” dasturiy majmui axborot tizimi orqali elektron shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha taqdim etiladi. III — VI boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan boshlab ortib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi.
3. Maʼlumotda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Maʼlumotni toʻldirishda ularning toʻliq toʻldirilishi va kiritilgan maʼlumotlarning ishonchliligi taʼminlanishi lozim. Auditorlik tashkilotida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun), toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi. Matnni kompyuter vositasida yozishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
4. Maʼlumotning manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
“Auditorlik tashkilotining nomi” satrida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Pochta manzili” satrida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) koʻrsatiladi;
Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi” satrida auditorlik tashkilotining auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi koʻrsatiladi;
“Ustav kapitali” satrida amalda shakllantirilgan ustav kapitalning summasi koʻrsatiladi;
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami” satrida auditorlik tashkilotining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
“Filiallar” satrida filiallar soni, ularning joylashgan yeri, nomi, filial rahbarlarining familiyasi koʻrsatiladi;
“Auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzoligi” satrida auditorlik tashkiloti aʼzo boʻlgan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi nomi koʻrsatiladi;
Xalqaro auditorlik tashkilotiga yoki xalqaro assotsiatsiyaga aʼzoligi” satrida xalqaro auditorlik tashkiloti yoki xalqaro assotsiatsiyaning nomi, aʼzolikka qabul qilingan sanasi koʻrsatiladi;
Telefon, elektron manzil, veb-sayt” satrida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni raqami, elektron pochta manzili va veb-sayti (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
5. Auditorlik tashkiloti filiallari faoliyatining koʻrsatkichlari auditorlik tashkiloti taqdim qiladigan Maʼlumotga kiritilishi lozim.
6. Maʼlumot auditorlik tashkiloti rahbari va maʼlumotni tayyorlagan shaxs tomonidan toʻldirilgan sana koʻrsatilgan holda imzolanadi.
7. Maʼlumotda boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda, rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
8. Maʼlumotda qiymatda ifodalangan koʻrsatkichlar ming soʻmda oʻn birlik belgilari bilan, boshqa koʻrsatkichlar — birlikda koʻrsatiladi.
9. Auditorlik tashkilotining amaldagi ishlagan vaqtidan qatʼi nazar, Maʼlumot hisobot yili uchun toʻldiriladi.
II. Auditorlik tashkiloti rahbari
10. “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida quyidagilar koʻrsatiladi:
rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi (toʻliq) (01-satr);
rahbarning lavozimga tayinlanganligi haqidagi buyruqning soni va sanasi (02-satr);
rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining tartib raqami va sanasi (05-satr);
hisobot yilida malaka oshirish kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yaʼni, kursni oʻtagan sanasi, kursni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami, kursni oʻtagan oʻquv markazining nomi (06-satr);
III. Tashkilot xodimlarining soni
11. “Tashkilot xodimlarining soni” bobining 08-satrida hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan xodimlarning umumiy soni koʻrsatiladi.
12. 09-satrda hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan auditorlar soni koʻrsatiladi. Qayd etilgan ushbu son mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar (10-satr) va oʻrindoshlik asosida va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlayotgan auditorlar (11-satr) soniga taqsimlanadi.
3-ustundagi 09-satr 10 va 11-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
13. “Hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi (1-ustun), uning ishga qabul qilinganligi, auditor lavozimiga oʻtkazilganligi haqidagi buyruqning raqami va sanasi (2-ustun), auditor malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3-ustun), malaka oshirish kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va sanasi (4-ustun), mavjud boʻlganda xalqaro buxgalter sertifikati boʻyicha maʼlumotlar (nomi, raqami va sanasi) (5-ustun) koʻrsatiladi.
Jadvalda koʻrsatilgan auditorlarning soni 09-satrda keltirilgan songa teng boʻlishi lozim.
14. “Hisobot yili davomida auditorlar bilan tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot” jadvalida:
1-ustunda — hisobot yilida mehnat shartnomasi tuzilgan (bekor qilingan) auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2-ustunda — asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida va boshqa holatlarni koʻrsatgan holda mehnat shartnomasi tuzilganligi haqida maʼlumot;
3-ustunda — asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida va boshqa holatlarni koʻrsatgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida maʼlumot;
4-ustunda — yuz bergan oʻzgarishlarning asosi (ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning soni va sanasi) koʻrsatiladi.
IV. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi
15. “Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 12-satrida:
3-ustunda hisobot yilida auditorlik xizmatlari koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni;
4-ustunda hisobot yilida koʻrsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot shaklga muvofiq koʻrsatiladi.
16. 13, 14, 15 va 16-satrlarda mos ravishda hisobot davrida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari, tahliliy tekshiruvlar va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlar hamda koʻrsatilgan turdosh xizmatlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni (3-ustun) va auditorlik xizmatlari summasi (4-ustun) koʻrsatiladi.
18. 3-ustunda 12-satr 13 — 16-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
19. 4-ustunda 12-satr 13 — 16-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
21. “Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 5 va 6-ustunlarida tegishli satrlar boʻyicha oʻtgan yilning xuddi shunday koʻrsatkichlari aks ettiriladi.
V. Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
22. “Majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” bobida majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taqsimlanishini tavsiflovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
23. 19-satrda majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni (3-ustun) va koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy summasi (4-ustun) aks ettiriladi.
24. 3 va 4-ustunlarda 19-satr mos ravishda 20 — 27-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
Ushbu satrlar Oʻzbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasini koʻrsatgan holda toʻldiriladi:
20-satrning 3 va 4-ustunlarida (21, 22, 23, 26, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
21-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
22-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda sugʻurta tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
221-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
23-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
24-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar (bundan bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan jamoat fondlari mustasno) boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
26-satrning 3 va 4-ustunlarida (20, 21, 22, 23, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda ustav fondida davlatga tegishli ulush boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
27-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda birjalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;
271-satrning (20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27 satrlardan tashqari) 3 va 4-ustunlarida mos ravishda hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi:
aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum bazaviy hisoblash miqdorining 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
xodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa.
VI. Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi
25. “Auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi” bobida hisobot davrida auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tavsiflovchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
26. 28-satr boʻyicha:
3-ustunda majburiy va tashabbus tarzida oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlarining umumiy soni koʻrsatiladi;
4-ustunda majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha auditorlik xizmatlarining umumiy summasi koʻrsatiladi;
5 va 6-ustunlarda mos ravishda majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar boʻyicha xizmatlar summasi koʻrsatiladi;
7 va 8-ustunlarda tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar boʻyicha xizmatlar summasi koʻrsatiladi;
28-satr tegishli ustunlar boʻyicha 29 — 37-satrlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
27. 29 — 37-satrlarda auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (28-satrning 3-ustunidan) faoliyat turlari boʻyicha taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni koʻrsatiladi.
Ushbu satrlarni toʻldirish uchun auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining faqat bir (asosiy) turiga qarab tanlab olinadi.
Auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektga berilgan Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagich (IFUT) kodi boʻyicha aniqlanadi:
29-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash” “V” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
30-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Ishlab chiqaradigan sanoat” “S” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
31-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash” “D” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
32-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qurilish” “F” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
33-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Tashish va saqlash” “N” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
34-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi” “A” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
35-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash” “G” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
36-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha “Moliyaviy va sugʻurta faoliyati” “K” Seksiyasida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi;
37-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi boʻyicha, 29–36-satrlarda qayd etilganlardan tashqari, boshqa iqtisodiy faoliyat turlarida IFUT kodiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday koʻrsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha mos ravishda koʻrsatiladi.
VII. Auditorlik xulosalari
28. “Auditorlik xulosalari” bobining 38 — 41-satrlarida oʻtkazilgan majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Auditorlik xulosasida qayd etilgan sana auditorlik xulosasi berilgan sana hisoblanadi.
29. 38-satrning 3-ustunida berilgan auditorlik xulosalarining umumiy soni koʻrsatiladi. Ushbu auditorlik xulosalari soni quyidagilar boʻyicha taqsimlanadi:
majburiy auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (39-satr);
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha (40-satr).
30. 38-satr 39 va 40-satrlarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.
31. 3-ustun maʼlumotlari 4 — 7-ustunlar boʻyicha auditorlik faoliyati standartlarida belgilangan auditorlik xulosalari turlari boʻyicha taqsimlanadi.
32. 41-satrda 38-satr maʼlumotlaridan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish natijalari yuzasidan hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari turlari boʻyicha koʻrsatiladi.
VIII. Yakuniy qoida
33. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston auditorlar Palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston auditorlar Palatasi raisi R. HAYDAROV
2013-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2013-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi Boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2013-yil 9-sentabr,
