“Poʻlatni kompleks qayta ishlash agregatini rekonstruksiya qilish bilan suyuq poʻlatni vakuumlash qurilmasini qurish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (278-son)
10.10.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Poʻlat eritish ishlab chiqarishning hamda ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzaro bogʻliqlikni taʼminlash va shu asosda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirish hamda “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyatining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Poʻlatni kompleks qayta ishlash agregatini rekonstruksiya qilish bilan suyuq poʻlatni vakuumlash qurilmasini qurish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
kapital qoʻyilmalarning umumiy qiymati 17,094 mln AQSH dollariga teng boʻlgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda uning vakolatli organlarda ekspertizasi oʻtkazildi;
tender savdolari yakunlari boʻyicha “Adrem INVEST SRL” kompaniyasi (Ruminiya) bilan 2013-yil 18-yanvardagi 197/11-2013-sonli 13,1 mln AQSH dollari miqdoridagi texnologiya va texnologik uskunalarni yetkazib berish, montaj ishlarini bajarish, ishga tushirish-sozlash va oʻqitish boʻyicha ishlarni bajarish boʻyicha shartnoma imzolandi.
2. 2013-yilning IV choragida obyektni foydalanishga topshirish muddati bilan investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Poʻlatni kompleks qayta ishlash moslamasini rekonstruksiya qilish va suyuq poʻlatni vakuum qilish moslamasini qurish bilan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish”;
“Oʻzmetkombinat” OAJning oʻz mablagʻlari 8,1 mln AQSH dollariga teng miqdorda;
besh yil muddatga beriladigan 9,0 mln AQSH dollari miqdoridagi “Ipoteka banki” AKIB krediti, shu jumladan imtiyozli davr — 1 yil, yillik foiz stavkasi 8,0 foiz.
4. Shunday belgilansinki:
“Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish, jalb etilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etilayotgan kreditni toʻlash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzmetkombinat”ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida bevosita shartnomalar asosida subpudrat ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan hollarda respublikaning ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda oʻz kuchlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilsin
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan “Suyuq poʻlatni vakuumlash qurilmasini qurish bilan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va kompleks poʻlatni qayta ishlash agregatini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalariga koʻra mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari G. I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-oktabr,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-oktabrdagi 278-son qaroriga ILOVA
“Poʻlatni kompleks qayta ishlash agregatini rekonstruksiya qilish bilan suyuq poʻlatni vakuumlash qurilmasini qurish bilan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
