8-modda. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslar
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida (173-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqish va jarima solish huquqiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari;
arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari egadirlar.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollarda esa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
