Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (182-q-son)
11.06.2013
NAVOIY VILOYaTI Uchquduq tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 58-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va tumandagi shirkat xoʻjaliklari, tashkilotlar va kichik korxonalar hamda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida hamda viloyat adliya boshqarmasining 2013-yil 6-iyunda 05/1412-sonli xat bilan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xulosasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari 2013-yil 11-iyundan 2013-yil 1-avgustga qadar yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va yoʻl-qurilish meliorativ mashinalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Shirkat xoʻjaliklari, tashkilot va kichik korxona rahbarlari texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda sugʻurtalash uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasin.
4. Tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektori (A. Aminov)ga texnik koʻrik natijalari boʻyicha 2013-yil 5-avgustga qadar tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etish topshirilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Qahhorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. YoRMATOV
Uchquduq t.,
2013-yil 11-iyun,
182-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 11-iyundagi 182-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tuman ishchi guruhi
TARKIBI
