“99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-355-son) · Sana: 07.10.2013 · Amalda
Loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajarish talablarini, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududni rejalashtirish va qurish bosh rejalarini, loyihalarini, tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni rekonstruksiya qilish rejalarini, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlari xususidagi, shu jumladan ish hujjatlari xususidagi ijobiy xulosasisiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari roʻyxatidan oʻtkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
