Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (2514-son)
03.10.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2514]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 29-dekabrdagi 6 va 62-son “Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1893, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 56-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-sentabr,
5-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 4-sentabr,
46-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 4-sentabrdagi 5 va 46-son qaroriga ILOVA
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ–916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida (bundan keyingi oʻrinlarda Yarmarka deb yuritiladi) tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining (bundan keyingi oʻrinlarda kelishuvlar deb yuritiladi) amalga oshirilishini monitoring (bundan keyingi oʻrinlarda monitoring deb yuritiladi) qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) hamda tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari boʻlgan idoralar (bundan keyingi oʻrinlarda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada tuziladigan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boriladi.
2. Ishchi guruh tarkibi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Qoʻmitaning qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Monitoring obyekti — Yarmarka doirasida tuzilgan kelishuvlar hisoblanadi.
II. Ishchi guruhning asosiy vazifalari
4. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Yarmarkada ishtirok etayotgan innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalar (bundan keyingi oʻrinlarda innovatsion ishlanmalar deb yuritiladi) boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga kelishuvlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlashda koʻmaklashish;
innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
innovatsiya jarayonlarini takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
III. Innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish
5. Vazirlik va idoralar har yili fevral oyida oʻz yoʻnalishlariga muvofiq holda Yarmarkada ishtirok etadigan innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirib boradi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan shugʻullanadigan mustaqil idora va tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Yarmarkada ishtirok etuvchi innovatsion ishlanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 10-fevralga qadar Ishchi guruhga taqdim etadilar.
6. Har yili 1-martga qadar Ishchi guruh tomonidan Yarmarkada ishtirok etuvchi innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʼlumotlar banki shakllantiriladi.
IV. Monitoring oʻtkazish mexanizmi
7. Vazirlik va idoralar, oʻz idoralari doirasida tuzilgan kelishuvlarning amaliyoti boʻyicha monitoring oʻtkazadilar va yigʻma maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq har chorakning oxirgi oyi oxirgi sanasiga qadar Ishchi guruhga taqdim etadilar.
Boshqa tashkilotlar ham kelishuvlar boʻyicha maʼlumotlarni ushbu muddatda Ishchi guruhga taqdim etadilar.
8. Ishchi guruh Yarmarka doirasida tuzilgan kelishuvlarni roʻyxatga oladi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijrochilar va buyurtmachilar boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlaydi.
Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar tarmoq grafigi boʻyicha maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Yarmarka oʻtkazilgandan soʻng kelgusi chorakning birinchi oyi birinchi sanasiga qadar Ishchi guruhga taqdim etadilar.
V. Monitoring boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish
9. Monitoring quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
buyurtmachilar tomonidan kelishuvlarning bajarilayotganligi, kelishuvlarni amalga oshirish borasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar majmui reja boʻyicha amalga oshayotganligi tahlil qilib boriladi;
buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirish oʻz vaqtida amalga oshirilayotganligi va ijrochilarning mablagʻlardan samarali foydalanayotganliklari tahlil qilinadi;
vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan monitoring yakunlari tahlil qilinadi.
10. Ishchi guruh tomonidan monitoring natijalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar tayyorlanadi:
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri boʻyicha tahliliy maʼlumotlar;
innovatsion ishlanmalarning tashabbuskorlari tomonidan taqdim etiladigan, tarmoq grafiklari va kelishuvlar bajarilishi haqida tahliliy maʼlumotlar;
innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ishlari haqida umumlashtirilgan statistik maʼlumotlar;
innovatsion ishlanmalarning oʻz vaqtida moliyalashtirilayotganligi haqidagi maʼlumotlar.
VI. Monitoring natijalarini koʻrib chiqish
11. Ishchi guruh har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida kelishuvlarning amalga oshirilishi haqida Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaydi.
12. Ishchi guruh kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlar asosida:
mavjud innovatsion ishlanmalarning amalga oshirilishi bosqichlarini oʻrganib boradi, yuzaga kelayotgan toʻsiqlarni aniqlaydi, qabul qilingan qarorlarning samaradorligini tahlil qiladi;
innovatsiya jarayonining samaradorligini oshirish yoʻlida tegishli qarorlarni tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda kelishuvlarning amalga oshirilishi yoʻlidagi mavjud muammolarni yechish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
13. Qoʻmita har chorakdan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ–916-son qarori bilan tuzilgan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori darajada oʻtkazish ishlarini Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga taqdim etadi.
VII. Yakuniy qoida
14. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2013-yil 3-sentabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2013-yil 3-sentabr
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etuvchi innovatsion ishlanmalar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR
Toʻldirish uchun shakl
Format: Word hujjati, shrift
Times New Roman, shrift hajmi 12 pt.
I. Sanoat, II. Qishloq xoʻjaligi, III. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, IV. Axborot texnologiyalari, V. Fan va taʼlim – keraklisi qoldirilsin.
1. Innovatsion ishlanma nomi.
Innovatsion ishlanma nomi berilayotgan taklifning mohiyatini ifodalashi hamda 10 ta soʻzdan ortmasligi kerak.
Masalan:
“Polimerlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish va sinash” emas, balki “Polimerlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi”
2. Qisqacha mazmuni (0,5 betdan oshmasin):
Qisqacha tafsifi (nou-xau ochib berilmasligi kerak)
Taklif etilayotgan innovatsion ishlanma qanday muammoni hal etadi (energiya va resurs tejamkorlik imkoniyati, sanoatda xavfsizlik va ishonchlilikni (shu jumladan ekologik) taʼminlash sanoatni modernizatsiyalash)
Asosiy afzalliklari (analoglar bilan taqqoslash).
Innovatsion ishlanmaning xom ashyo bilan taʼminlanganligi.
Kutilayotgan natijalar: mahalliy bozor uchun yangi mahsulot chiqarish, import oʻrnini bosish yoki ilmiy hajmdor mahsulot eksport qilishni tashkil etish.
3. Qoʻllanish sohalari:
Innovatsion ishlanma natijalarini qoʻllanish mumkin boʻlgan tarmoq, korxona, mintaqa va boshqalar.
Tayyorlik darajasi: laboratoriya, tajriba-sanoat sinovlari natijalari haqida maʼlumot, mahsulot namunalarining mavjudligi, innovatsion ishlanmani tijorat asosida joriy etish imkoniyatlari.
4. Intellektual mulk obyektining huquqiy himoyalanish darajasi.
5. Qoʻshimcha moliyalashtirishga ehtiyoj: umumiy moliyaviy hajmi, qanday maqsadlar va amalga oshirish muddatlari uchun sarflanishi ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik asbob-uskunalar va qurilish-montaj ishlari boʻyicha alohida koʻrsatiladi.
Masalan:
Moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoj 200 mln.soʻm, undan namuna yaratish uchun 20 mln. soʻm - 1 yilga, 120 mln soʻm asbob, uskuna olish uchun, QMI ga - 60 mln. soʻm.
Agar yuqorida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish innovatsion ishlanmaning seriyalab ishlab chiqarilishini taʼminlamasa, seriyalab ishlab chiqarishni tashkil etish uchun nima qilish zarurligi qoʻshimcha koʻrsatiladi.
6. Innovatsion ishlanma quyidagi yoʻnalishlarning qaysi biriga tegishliligini belgilang:
a) yangi mahsulotning analoglari yoʻq yoki xorijiy va respublika analoglaridan ustun;
b) Eksportga moʻljallangan mahsulot va texnologiyalar;
v) Import oʻrnini bosuvchi mahsulot va texnologiyalar;
g) Resurs tejamkor, energiya tejamkor texnologiyalar;
d) Ikkilamchi resurslardan foydalanish va chiqindilarni utillashtirish;
e) ekologik xavfsiz va sof mahsulot.
7. Tashkilot nomi va rekvizitlari.
Tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR), muallifning F.I.O, aloqa telefoni, faksi, elektron manzili.
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi doirasida tuzilgan kelishuvlarning bajarilish holati toʻgʻrisida MAʼLUMOT
* tasdiqlangan tarmoq grafigiga muvofiq;
** quyidagi bosqichlarni koʻrsatish zarur: eksperiment namunasi, tajriba namunasi, tajriba-sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish, seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish yoki oʻz variantini koʻrsatish;
***loyihani amalga oshirish natijasida tugatilgan kelishuvlar uchun.
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
* Kelishuv boʻyicha ishning barcha bosqichlari koʻrsatiladi.
