Sirdaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari toʻgʻrisida (28-son)
26.01.2013
Sirdaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-yanvardagi MA/15-02032-21/14-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 22-yanvardagi 26/1-1021-sonli xatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yilning 16-yanvarida 2412-son bilan roʻyxatga olingan “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari”ga hamda DSQ Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining viloyat boʻlimi, “Sirdaryobozorsavdo” uyushmasining tuman va shahar bozorlari maʼmuriyatining takliflarini inobatga olib qaror qilaman:
1. Sirdaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Sirdaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari 2013-yilning 28-yanvaridan boshlab joriy etilsin.
3. Viloyat moliya boshqarmasi (R. Suvanov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (R. Ismoilov), Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi (Sh. Alimuxammedov) va “Sirdaryobozorsavdo” uyushmasi (F. Qutbiddinov), bozorlar va savdo komplekslari rahbarlari:
faoliyat koʻrsatib kelayotgan barcha bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonlaridan olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati minimal miqdorlarining toʻliq undirilishini va bank muassasalariga topshirilishini hamda mahalliy budjetga yoʻnaltiriladigan qismini oʻz vaqtida oʻtkazilishini;
bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari bozorlar va savdo komplekslari hududidagi maxsus joylarga osib qoʻyilishini taʼminlasin.
4. “Sirdaryo haqiqati” gazetasi roʻznomasi (J. Qosimov)ga ushbu qarorni keng ommaga yetkazish maqsadida gazeta sahifasida chop etish topshirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2012-yil 16-martdagi 74-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B. Boʻronov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. AShURMATOV
Guliston sh.,
2013-yil 26-yanvar,
28-son
