Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga beriladigan kompensatsiya toʻlovlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida (PF-977-son)
31.10.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Isteʼmol tovarlari va xizmatlarning bozor narxlarini shakllantirish sharoitlarida aholi turmush darajasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. 1994-yilning 1-noyabridan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga berilayotgan amaldagi har oylik kompensatsiya toʻlovlari 1,5 baravar — 100 soʻmdan 150 soʻmgacha koʻpaytirilsin.
2. Koʻrsatilgan kompensatsiyalarni toʻlashning amaldagi tartibi va shartlari saqlanib qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kompensatsiyalar toʻlashning muvaqqat tartibiga kiritsin va ularni vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga yetkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-avgustdagi PF-940-son Farmonining 1 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-oktabr,
PF-977-son
