15-modda. Majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida (O‘RQ-353-son) · Sana: 23.09.2013 · Amalda
Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak:
qon, biologik suyuqliklar donorlari;
ellik yoshgacha boʻlgan nikohlanuvchi shaxslar;
homilador ayollar;
inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini isteʼmol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
OIVni yuqtirib olgan onalardan tugʻilgan bolalar;
oʻz faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va toʻqimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;
jinsiy sherigida OIV aniqlangan shaxslar.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishuvga koʻra roʻyxati belgilanadigan ayrim kasblarda ishlovchi xodimlar ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtayotganda majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
