Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1717-1-son)
20.09.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1717-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 434-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
5-mb-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
01-02//15-26-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
42-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2013-yil 3-sentabrdagi 5-mb, 01-02/15-26, 42 va 13-son qaroriga ILOVA
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbek tilidagi matnning 1, 2, 3 va 5-bandlaridagi “mahsulotlar” degan soʻz “tovarlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turizm boʻyicha eksport va import maʼlumotlari, kirish va chiqishga oid turizm boʻyicha turistlarning xarajatlari kuzatuvi natijalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.”.
3. 5-banddagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi F. RIZAYEV
2013-yil 3-sentabr
