Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1901-1-son)
18.09.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1901-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 11, 64, 2009-6-son qarori (roʻyxat raqami 1901, 2009-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisida”gi nizomning 10-bandidagi “Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini” degan soʻzlar “Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-sentabr,
84-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 10-sentabr,
48-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-sentabr,
2013-39-son
