Tumanda tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi uchun narxlarning yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida (759-son)
14.05.2013
SIRDARYo VILOYaTI Sayxunobod tumanI hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son 320-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Sayxunobod tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 14-martdagi sanitar tozalik boʻyicha reja koʻrsatgichlarini bajarish, tuman atrof muhitini tozalash va tozalikni saqlash uchun (QMCh) qattiq maishiy chiqindisi aholidan bir kishi uchun yangi narxga oʻtish hisobini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 72/2-sonli xatini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Sayxunobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 14-martdagi “Tumanda tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi narxlarini yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi 72/2-sonli xati inobatga olinsin.
2. Sayxunobod tuman obodonlashtirish boshqarmasida tozalash va tozalikni saqlash boʻlimi rejalarini bajarish maqsadida chiqindi uchun quyidagi yangi narxlar tasdiqlansin.
a) 1 kub metr (QMCh) qattiq maishiy chiqindi — 7086,11 soʻm;
b) 1 kub metr (SMCh) suyuq maishiy chiqindi — 11796,4;
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Mansurov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. TURDIBOYEV
Sayxun sh.,
2013-yil 14-may,
759-son
