Mirzaobod tumanida tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi narxlarining yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida (674-son)
10.05.2013
SIRDARYo VILOYaTI Mirzaobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son 320-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Mirzaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 20-apreldagi 25-sonli sanitar tozalik boʻyicha reja koʻrsatgichlarini bajarish, tuman atrof muhitini tozalash va tozalikni saqlash uchun (QMCh) qattiq maishiy hamda (SMCh) suyuq maishiy chiqindilarni chiqarishda aholidan bir kishi uchun yangi narxga oʻtish hisobini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xatini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Mirzaobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 20-apreldagi 25-sonli “Mirzaobod tumanida tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi narxlarini yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida”gi xati inobatga olinsin.
2. Mirzaobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasida tozalash va tozalikni saqlash boʻlimi rejalarini bajarish maqsadida chiqindi uchun quyidagi yangi narxlar tasdiqlansin.
a) 1 kub metr (QMCh) qattiq maishiy chiqindi — 28350,22 soʻm;
b) 1 kub metr (SMCh) suyuq maishiy chiqindi — 24753 soʻm;
v) aholidan 1 kishi uchun (QMCh) qattiq maishiy chiqindi — 4252,53 soʻm;
g) aholidan 1 kishi uchun (SMCh) suyuq maishiy chiqindi — 3094 soʻm;
3. Ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Baratboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. XUSANBOYEV
Navroʻz sh.,
2013-yil 10-may,
674-son
