Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (96-II-son)
29.08.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5, 9 va 13-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 12-avgustdagi 137-II-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Toshkent viloyati tarkibida Zangiota va Toshkent tumanlari negizida umumiy maydoni 38 299,6 gektar boʻlgan Zangiota tumani tuzilsin hamda uning tarkibiga Keles shahri, Eshonguzar va Oʻrtaovul qoʻrgʻonlari, Boʻzsuv, Guliston, Zangiota, Koʻksaroy, Koʻkterak, Masalboy, Nazarbek, Turkiston, Xasanboy, Xonobod, Chigʻatoy Oqtepa, Choshtepa, Chuvalachi, Erkin, Yunusobod, Oʻzgarish, Qatortol, Qizgʻaldoq qishloq fuqarolar yigʻinlari kiritilsin.
Keles shahri Zangiota tumanining maʼmuriy markazi etib belgilansin.
4. Toshkent viloyati Zangiota tumani hududining bir qismi:
505,4 gektar maydon (Qibray tumani bilan chegaradosh, aholi punktlari boʻlmagan hudud) Toshkent viloyatining Qibray tumani tarkibiga;
278 gektar maydon (Toshkent shahrining Hamza tumani bilan chegaradosh “Goʻzal” va “Olmos” mahallalari hududi) Toshkent shahrining Hamza tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray tumanlarining va Toshkent shahri Hamza tumanining chegaralari ilova qilinayotgan tavsiflar va chizma shakllarga muvofiq tasdiqlansin (1—5-sonli ilovalar*).
* 1-, 3- va 5-sonli ilovalar berilmaydi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, birlashtirilayotgan Zangiota va Toshkent tumanlaridagi saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari tumanlar Kengashlarining deputatlari yangi tuzilgan xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputatlari hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-avgust,
96-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 29-avgustdagi 96-II-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Qibray tumani tarkibiga oʻtkaziladigan yer chegarasining
TAVSIFI
1-sonli boshlangʻich nuqta sifatida Toshkent shahri chegarasining amaldagi 21-sonli nuqtasi qabul qilingan.
Chegara 1-sonli nuqtadan janubiy yoʻnalishda Chirchiq daryosining dambasi boʻyicha oʻtadigan asfaltbeton avtomobil yoʻlining oʻqi boʻyicha chap sohil dambasi bilan kesishish joyiga qadar 1 150 metr masofada 2-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 2-sonli nuqtadan buriladi va sharqiy yoʻnalishda chap sohil dambasi boʻylab oʻtadigan asfaltbeton avtomobil yoʻlining oʻqi boʻyicha avtodromning beton devori bilan kesishish joyiga qadar 960 metr masofada 3-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 3-sonli nuqtadan avtodromning beton devori boʻyicha sharqiy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 585 metr masofada 4-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 4-sonli nuqtadan “Nerudnik” OAJ yordamchi xoʻjaligi hududi chegaralarigacha shimoli-gʻarb tomonga 300 metr masofada 5-sonli nuqtagacha buriladi.
Chegara 5-sonli nuqtadan shimoli-sharqqa buriladi va Xoʻkizorol oroli chekkasi boʻylab sugʻorish tarmogʻi bilan kesishgunga qadar 4 465 metr masofada 6-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 6-sonli nuqtadan gʻarb tomonga buriladi va Xoʻkizorol orolini hamda Chirchiq daryosi qayirini 650 metr masofada 7-sonli nuqtagacha kesib oʻtadi.
Chegara 7-sonli nuqtadan janubi-gʻarbga buriladi va Chirchiq daryosi qayirining oʻng qirgʻogʻi boʻylab davom etadi va 4 820 metr masofada 1 -sonli boshlangʻich nuqta bilan tutashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 29-avgustdagi 96-II-sonli Qaroriga 4-ILOVA
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Hamza tumani tarkibiga oʻtkaziladigan yer chegarasining
TAVSIFI
1-sonli boshlangʻich nuqta sifatida tuproq yoʻli Amin Turdiyev koʻchasi bilan kesishgan joy qabul qilingan.
Chegara 1-sonli nuqtadan sharq tomonga buriladi va Tovkent arigʻi boʻylab 555 metr masofada 2-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 2-sonli nuqtadan janub tomonga buriladi va “Olmos” mahallasining koʻchasi boʻyicha ariq bilan kesishish joyigacha 291 metr masofada 3-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 3-sonli nuqtadan janubi-sharqiy yoʻnalishda “Otamozor” qabristoni hududidan oʻtgan sugʻorish tarmogʻi boʻyicha 752 metr masofada 4-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 4-sonli nuqtadan 58-harbiy shaharchaning beton devori boʻyicha 60 metr masofada janubi-sharq tomonga, keyin 58-harbiy shaharchaning beton devori boʻyicha 96 metr masofada janubi-gʻarbiy yoʻnalishda buriladi, soʻngra chegara janub tomonga buriladi va 58-harbiy shaharchaning beton devori boʻyicha 62 metr masofada davom etadi, undan keyin chegara 58-harbiy shaharchaning beton devori boʻyicha 91 metr masofada janubi-sharq tomonga buriladi, shundan soʻng chegara 58-harbiy shaharchaning beton devori boʻyicha janubi-gʻarb tomonga 271 metr masofada 5-sonli nuqtagacha buriladi.
Chegara 5-sonli nuqtadan janubi-sharq tomonga buriladi va sugʻorish tarmogʻi boʻyicha 86 metr masofada davom etadi, keyin chegara shimoli-sharq tomonga buriladi va sugʻorish tarmogʻi boʻyicha 61 metr masofada davom etadi, soʻngra chegara sharq tomonga buriladi va turar joy uchastkalarining devori boʻyicha 85 metr masofada dala yoʻli bilan kesishish joyigacha davom etadi. Dala yoʻli bilan kesishish joyidan chegara janubi-sharq tomonga buriladi va dala yoʻli boʻyicha 145 metr masofada avtomobil yoʻligacha davom etadi va uni 26 metr masofada janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 6-sonli nuqtagacha kesib oʻtadi.
Chegara 6-sonli nuqtadan janubi-sharq tomonga buriladi va “Olmos” mahallasi hovlilari boʻylab 359 metr masofada 7-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 7-sonli nuqtadan shimoli-sharq tomonga buriladi va Tolariq arigʻining chap qirgʻogʻi boʻyicha 73 metr masofada davom etadi, soʻngra chegara janubi-sharq tomonga buriladi va 23 metr masofada dala yoʻli bilan kesishish joyigacha davom etadi, shundan keyin chegara shimoli-sharq tomonga buriladi va dala yoʻli boʻyicha Baratxoʻja arigʻi koʻprigi chekkasigacha 100 metr masofada 8-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 8-sonli nuqtadan Baratxoʻja arigʻining chap qirgʻogʻi boʻylab Toshkent halqa yoʻlining qizil chizigʻi bilan kesishish joyigacha 1 214 metr masofada 9-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 9-sonli nuqtadan Toshkent halqa yoʻlining oʻqidan 39 metr masofada oʻtadigan Toshkent halqa yoʻli qizil chizigʻi boʻyicha shimoli-sharqiy yoʻnalishga buriladi va ushbu qizil chiziq boʻyicha sugʻorish tarmogʻi bilan kesishgunga qadar 2 530 metr masofada 10-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 10-sonli nuqtadan buriladi va sugʻorish tarmogʻining oʻqi boʻyicha shimoli-sharqiy yoʻnalishda Amin Turdiyev koʻchasi bilan kesishish joyigacha 750 metr masofada 11-sonli nuqtagacha davom etadi.
Chegara 11-sonli nuqtadan Amin Turdiyev koʻchasining qatnov qismi oʻqi boʻyicha sugʻorish tarmogʻi bilan kesishish joyigacha 260 metr masofada davom etadi va boshlangʻich 1-sonli nuqta bilan tutashadi.
