Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida (100-son)
27.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, bilimli, ijodkor xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning istiqlol gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati ilova qilinadi).
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-Mart — xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A. Koʻchimov) hamda OʻzAga (M. Muxammad Doʻst) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-fevral,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-fevraldagi 100-sonli qaroriga ILOVA
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI
