2002-yil 28-29-dekabr shanba va yakshanba dam olish kunlarini 2002-yil 30-31-dekabr dushanba va seshanbaga koʻchirish toʻgʻrisida (440-son)
17.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2002-yil 28-29-dekabr shanba va yakshanba dam olish kunlari 2002-yil 30-31-dekabr dushanba va seshanbaga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 17-dekabr,
440-son
