9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatlari
Mudofaa toʻgʻrisida (641-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar mudofaani, xalq xoʻjaligining safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash sohasidagi qonunlarning bajarishlari uchun masʼul boʻladilar;
harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlar yetkazilib berilishini, ular suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlanishini amalga oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatadilar;
mudofaa manfaatlarini koʻzlab qonunlarga muvofiq yer ajratib beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar;
qonunlarda belgilangan tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy oʻquv yurtlari, korxona va tashkilotlariga xizmat binolari va turar joylar ajratib beradilar, harbiy obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ularning oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-harakatlar qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlar koʻradilar.
