7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vakolatlari
Mudofaa toʻgʻrisida (641-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi respublika Qurolli Kuchlarining davlat boshqaruv idorasi hisoblanadi va Qurolli Kuchlarning holati hamda ularni yanada rivojlantirish uchun, jangovar tayyorgarligi va harbiy intizomi uchun toʻla javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi:
Qurolli Kuchlarda mudofaa sohasidagi va harbiy qurilish jabhasidagi davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
mudofaa, Qurolli Kuchlarni tuzish va rivojlantirish rejalari va konsepsiyalarining, qurol-yarogʻlarni va harbiy texnikani rivojlantirish davlat dasturining loyihalarini, mudofaa ehtiyojlariga pul ajratishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
harbiy qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyadi va olib boradi;
harbiy texnika va boshqa harbiy ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va remont qilishga oid davlat buyurtmalari bajarilishini nazorat qiladi;
Qurolli Kuchlar shaxsiy sostavi bilan harbiy, huquqiy, axloqiy tarbiya, shuningdek maʼnaviy-psixologik tayyorgarlik, harbiy kadrlarni joy-joyiga qoʻyish ishlarini olib boradi;
harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga pensiyalar toʻlanishini, harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasini amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda taʼminlaydi;
xalq xoʻjaligining safarbarlik darajasida tayyorligini tashkil etishda ishtirok etadi;
safarbarlik zaxiralarini hozirlash va qayta tayyorlash, fuqarolarni harbiy va muqobil xizmatga chaqirish hamda belgilangan xizmat muddatini tugatgan harbiy xizmatchilarni va muqobil xizmatdagi xizmatchilarni zaxiraga boʻshatish, harbiy xizmat yoshidagilarni yigʻinga chaqirish, shuningdek safarbarlikka chaqirish va safarbarlikdan boʻshatish ishlarini rejalashtiradi va amalga oshirishni tashkil etadi;
boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlari bilan harbiy, madaniy va ilmiy aloqalar oʻrnatadi.
