Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2502-son)
22.08.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2502]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-avgust,
7/9-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 7-avgust,
39-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-avgust,
73-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-avgust,
10-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-avgust,
01-02/8-25-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-avgustdagi 7/9, 39, 73, 10 i 01-02/8-25-son qaroriga ILOVA
Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar
ROʻYXATI*
* Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan veterinariya dori vositalari ishlab chiqarish maqsadida keltiriladigan xom ashyolarga, shuningdek veterinariya dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan xom ashyolarni import qiluvchi korxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.
