Davlat hokimiyati organlariga maʼlumotlar uzatish xizmatlari xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisida (91-son)
23.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini yanada takomillashtirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlari boʻyicha axborotlar tezkor ayirboshlanishini taʼminlash, maʼlumotlarni uzatish idoralararo tarmogʻi faoliyatini yaxshilash va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati uchun maʼlumotlar uzatish, shu jumladan Internet orqali uzatish xizmatlari ular uchun 2001-yilda rejada nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga pulli asosda koʻrsatiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab maʼlumotlar, shu jumladan Internet orqali uzatish xizmatlariga haq toʻlash uchun koʻrsatib oʻtilgan organlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning amaldagi hajmiga koʻra mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 23-fevral,
91-son
