Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-may 223-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (190-son)
31.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-may 223-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisidagi “Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari” hamda qarorning 1-ilovasi 21-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
190-son
