Ikkilamchi polimer xomashyosi eksportini tartibga solish toʻgʻrisida (PF-4553-son)
08.08.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mamlakatimizda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur xomashyo bazasini shakllantirish, respublika korxonalarida ikkilamchi polimer xomashyosini yanada toʻliq va samarali qayta ishlash, shuningdek atrof muhit xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash maqsadida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi polietilentereftalat (PET) chiqitlari va ikkilamchi xomashyosi qonunga xilof ravishda olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-avgust,
PF-4553-son
