Dam olish kunini 2001-yil 29-dekabr shanbadan 31-dekabr dushanbaga koʻchirish toʻgʻrisida (483-son)
24.12.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi yil bayramini nishonlash munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Dam olish kuni 2001-yil 29-dekabr shanbadan 31-dekabr dushanbaga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-dekabr,
483-son
