Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (223-son)
13.08.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi 386-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tayyorlash boʻyicha Ishchi guruhga quyidagilar yuklansin:
tegishli vazirliklar va idoralarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish boʻyicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;
har chorak yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga Dasturni bajarish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot kiritish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-avgust,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish
DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda):
“Lavozim nomi” ustunida:
“Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik” soʻzlari “Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha dizayner” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik” soʻzlari “Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida:
a) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati
TUZILMASI
b) 5-ilovadagi “Lavozim va kasblar nomi” ustunida:
5-bandga “landshaft boʻyicha bosh dizayner (guruh boshligʻi)” soʻzlari qoʻshilsin;
8-bandga “landshaft boʻyicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda):
“Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ILOVA
Nukus shahar va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari (BX) — 13,5 kishi;
* muhandis-texnik xodimlar (MTX): shaharlarda — Andijonda — 15 kishi, Buxoroda — 17 kishi, Qarshida — 13 kishi, Navoiyda — 10 kishi, Namanganda — 17 kishi, Nukusda — 12 kishi, Samarqandda — 17 kishi, Fargʻonada — 17 kishi; Guliston, Jizzax, Termiz va Urganch shaharlarida — 10 kishidan; yordamchi xodimlar — 7 kishi.
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.”.
