Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash haqida (2500-son)
12.08.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2500]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 38-son, 434-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiritiladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822 va 01-02/8-46-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1853, 2008-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 37-38-son, 384-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 22-iyundagi 76, 65, EG-01/10-3881 va 01-02/8-13-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1853-1, 2009-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 27-son, 318-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 16-iyul,
40-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-iyul,
67-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-iyul,
7-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-iyul,
01-02/8-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16- sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlari
roʻyxati*
* Isteʼmol tovarlari roʻyxati quyidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qoʻllanilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-fevraldagi PF-3105-sonli Farmoni 2-bandiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan olib kelinadigan isteʼmol tovarlariga nisbatan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni bekor qilishda;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-sonli qarori 2-bandiga muvofiq Tovar - xom ashyo birjalarida import shartnomalarini tuzishni taqiqlashda;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli qarori 2-bandiga muvofiq qoʻshni davlatlar hududidan reeksport qilinadigan mahsulotlarga nisbatan yigʻimlar belgilashda.
** Oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida OAJ “Oʻzbekekspertiza” tomonidan belgilangan tartibda berilgan sertifikat taqdim etilganda, isteʼmol tovarlari deb hisoblanmaydi
