Tuman hududida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida (Q-4/252-son)
03.04.2013
NAVOIY VILOYaTI Qiziltepa tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli va 2012-yil 24-fevraldagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 49-sonli qarorlarning ijrosini taʼminlash hamda tumandagi xalq xoʻjalik tarmoqlari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha transport vositalari sonini aniqlash, transport vositalarida sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish, transport vositalarining kimga yoki qaysi korxonaga tegishliligi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, atrof-muhit tozaligini saqlash maqsadida, Qiziltepa tuman Ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 27-martdagi 2051-sonli xatini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
1. Qiziltepa tuman Ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 27-martdagi 2051-sonli xati qanoatlantirilsin.
2. “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan 2013-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boshlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hududidagi mavjud transport vositalarining 2013-yil davomida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga hamda uni oʻtkazish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-Ilova berilmaydi.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Gaforov), tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (N. Joʻrayev):
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻrindiq soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrindigʻidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari, ularning tirkamalarini texnik koʻrigi birinchi marotaba 2013-yil 1-apreldan 30-iyungacha, ikkinchi marotaba 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha boʻlgan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
5. Tuman IIB Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (N. Joʻrayev)ga:
texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida transport vositasining texnik holatini tekshirish O`zDSt 1057 va O`zDSt 1058-2004 davlat standartlari talablari asosida hamda transport vositalarining sugʻurtalanganligi va ularga oʻrnatilgan gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalaridagi oʻlchov va sinov vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida qiyoslashdan oʻtkazish;
texnik koʻrikni sifatli oʻtkazish maqsadida koʻchma sinov laboratoriyasi ishlashini tashkil qilish;
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilayotgan avtobus va mikro-avtobuslarning texnik holatini nazorat-ulov asboblari yordamida tekshirish amaliyoti diagnostika va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki tegishli texnik jihozlarga ega boʻlgan yirik avtokorxonalarda yoʻlga qoʻyish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, texnik koʻrikdan oʻtgan har bir transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan taʼminlash yuklatilsin.
6. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (M. Bozorov), tashkilot va korxonalar rahbarlari zimmalariga:
yillik davlat texnik koʻrigini sifatli va oʻz muddatlarida oʻtkazish uchun yetarli texnik xodimlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
texnik koʻrik jarayonida aholiga yengillik yaratish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi va sugʻurta xizmati bilan birgalikda texnik koʻrikni aholi zich joylashgan punktlarda tashkil etish;
shaxsiy transport vositalarining texnik koʻrigi jadvallarini belgilashda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash;
davlat transport vositalarini belgilangan jadval asosida texnik koʻrikdan oʻtkazishda tegishli toʻlovlarning birinchi navbatda undirilishini nazorat ostiga olish vazifalari yuklatilsin.
7. Yuridik shaxslarning hisobida turgan transport vositalarining soz holda boʻlishiga shaxsan rahbarlar masʼul ekanliklari va yigʻilishlarda texnik koʻrik komissiyasining yillik texnik koʻrikka tayyorgarlik koʻrish natijalari boʻyicha hisobotlari har chorak yakunida tinglanib, tadbir natijalari boʻyicha hisobotlar tuman hokimligi tomonidan umumlashtirilgan holda har chorakning keyingi 5-sanasiga qadar viloyat hokimligiga taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
8. Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (N. Joʻrayev)ga mazkur qarorning ijrosi yuzasidan 2013-yil 10-noyabr kuniga qadar tuman hokimligiga axborot taqdim etish topshirilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Bozorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh.Nabiyev
Qiziltepa t.,
2013-yil 3-aprel,
Q-4/252-son
Qiziltepa tuman hokimining 2013-yil 3-apreldagi Q-4/252-sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yilda tumandagi avtokorxonalar, fermer va shirkat xoʻjaliklari,kichik korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish
Jadvali
Eslatma:
1. Barcha kichik va qoʻshma korxonalar hisoblarida boʻlgan transport vositalarini “Istiqlol” hissadorlik jamiyati avtokorxonasi avtosaroyida texnik koʻrikdan oʻtkazishi uchun 2013-yil 10-iyundan 15-iyulgacha soat 09-00 dan 18-00 gacha kelishlari shart.
2. Korxona, muassasa, tashkilot, shirkat xoʻjaliklari texnika koʻrigi uchun har bir transport vositasiga 7959 soʻm toʻlovlarni X/R: 29801000900000213515, INN 200017921, MFO 00213, Mikrokredit bankiga Navoiy viloyati IIB YXXB ga, har bir yuk tashuvchi transport vositasi Q.Tepa Mikrokredit bankka X/R toʻlanishini taʼminlash.
Tuman hokimining 2013-yil 3-apreldagi Q-4/252-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hududidagi mavjud transport vositalarining 2013-yil davomida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
