Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1307-3-son)
05.08.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1307-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) 45-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 58-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-iyul,
01-12/20-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2, 6, 17, 18 va 23-bandlardagi “uning vazifasini” degan soʻzlar “uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashirayapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda bildirgi orqali xabardor qiladi.”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Jismoniy shaxsni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda yozma qaror qabul qiladi. Shaxsni koʻzdan kechirish shakli bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan shaxsni koʻzdan kechirishni tezlashtirish maqsadida aniq sharoitlar — vaqt, kun, masofaning uzoq yoki yaqinligiga qarab belgilanadi. Qarorda shaxsni koʻzdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsi aniq koʻrsatilishi shart.”.
4. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Voyaga yetmagan va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslarni koʻzdan kechirish ularning bir jinsdagi vakillari yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bir jinsda boʻlmagan taqdirda, koʻzdan kechirish ularning talablari asosida bir jinsdagi vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar kelgunga yoxud bir jinsdagi xolis yoʻlovchilardan birini tanlagunga qadar toʻxtatib turiladi.”.
5. 11-bandda:
a) “a” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “uning vazifasini” degan soʻzlar “uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Yoʻriqnomaga ilova qilingan” degan soʻzlar “Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Shaxs koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, koʻzdan kechirish xonasiga olib kiriladi hamda xolislar ishtirokida ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan huquq va majburiyatlari toʻliq, ravon hamda tushuntirishlar berish yoʻli orqali oʻqib eshittiriladi.
Shaxs, koʻzdan kechirish jarayoni boshlanishidan avval uning huquq va majburiyatlari oʻqib eshittirilganligini koʻzdan kechirish bayonnomasining boshida imzo qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi.”.
7. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Shaxsni koʻzdan kechirish bojxona organining ushbu tadbir oʻtkazishga moʻljallangan va maxsus jihozlangan xonasida oʻtkaziladi. Qoida tariqasida ushbu xonada stol, stul, kiyim - bosh ilish moslamasi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi boʻlishi lozim. Shaxsni koʻzdan kechirish yopiq, tozalik qoidalariga mos binolarda, jumladan bojxona postlarida, aeroport, vokzal va boshqa tashkilotlarning berk xonalarida amalga oshiriladi.”.
8. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Shaxsni koʻzdan kechirish nihoyasiga yetgandan soʻng bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda shaxsni koʻzdan kechirish haqida bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning asl nusxasi bojxona postidagi yigʻma jildda saqlanadi, kseronusxasi esa koʻzdan kechirilgan shaxsga (vakil, hamrohlik qiluvchiga) berilishi shart. Agar shaxs bayonnomaning kseronusxasini olishdan bosh tortsa, asl nusxaning tegishli qismiga bojxona organi masʼul xodimi tegishli maʼlumotni kiritib, imzo qoʻyadi.”.
9. 42-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “uning vazifasini” degan soʻzlar “uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻzdan kechirilayotgan shaxsning (voyaga yetmagan va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning vakili, hamrohlik qiluvchisi yoki koʻzdan kechirish jarayonida vakil, hamrohlik qiluvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning) fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, hujjatlaridagi maʼlumotlar;”.
10. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jurnal belgilangan tartibda tikilgan, raqamlangan va hududiy bojxona boshqarmasining muhri bilan muhrlangan boʻlishi lozim.”.
11. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin.
12. Yoʻriqnomaning ilovasi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 430-modda)
