Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarda bolalar poyabzali ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-2143-son)
24.11.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yuqori sifatli bolalar poyabzali ishlab chiqarish koʻpaytirilishi va turlari kengayishini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarishda foydalanish uchun respublikaga olib kelayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning qoʻshilgan qiymatiga soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Ushbu Farmonning amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-noyabr,
PF-2143-son
