Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (PQ-2018-son)
05.08.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikaga bugʻdoy unini olib kirishni yanada tartibga solish hamda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari assortimentini kengaytirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-sonli qarorining 12-2-ilovasidagi 11-tovar guruhi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-avgust,
PQ-2018-son
