Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (2402-1-son)
31.07.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2402-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF–4521-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012-yil 23-oktabrdagi 11, 33 va 113-sonli qarori (roʻyxat raqami 2402, 2012-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshligʻi tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 15 ball;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
7-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
19-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
50-son
