Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2494-son)
29.07.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2494]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 28-martdagi 82-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2353, 2012-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 184-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-iyul,
229-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 17-iyuldagi 229-son buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining
ROʻYXATI
Izoh:
1. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu roʻyxatga kiritilgan dori vositalarning xuddi shu tarkibdagi taʼsir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega boʻlgan dori vositalari ham kiradi.
2. Dori vositalarining oʻramlari, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari, ilova-varaqalarida koʻrsatilgan berish tartibidan qatʼi nazar, dori vositalarini berishda ushbu roʻyxatga amal qilinishi kerak!
