“Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1411-1-son)
30.07.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1411-1]
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
65-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
35-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
2013-33-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
13/2-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
4mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-son qaroriga ILOVA
“Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomidagi va 1-banddagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan soʻzlar “buxgalteriya hisobida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan soʻzlar “buxgalteriya hisobida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “, statistika” degan soʻz chiqarib tashlansin;
v) 1-banddagi “kredit uyushmalari” degan soʻzlar “boshqa kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.12-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.”;
d) 5-paragraf nomidan “va statistik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
e) 36 va 38-bandlardan “va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
j) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.”.
