“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida (738-XII-son)
09.12.1992
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasining 2-bandiga oʻzgartirish kiritilib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Agar birja tomonidan ushbu Qonunning qoidalari buzilishi davom ettirilaversa, nazorat qiluvchi idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga birjani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvoni taqdim qilishga haqlidirlar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
738-XII-son
