“Toshkent shahri uchun “Praga imeks” kompaniyasi ishlab chiqargan zamonaviy tramvay vagonlarini sotib olish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash toʻgʻrisida (344-son)
29.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26 oktabrdagi 281-son “Shahar yoʻlovchi tashish elektr transporti harakatdagi sostav parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Praga imeks” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy tramvay vagonlarini Toshkent shahri uchun xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatish uchun teng ulushlarda yoʻnaltiriladigan respublika va mahalliy budjetlardan pul mablagʻlari tushishi uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBda maxsus hisob raqami ochsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2011-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 84 ming 860 yevro miqdorida mablagʻ ajratsin;
2012-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqi va boshqa xarajatlarni respublika va mahalliy budjetlar hisobidan teng ulushlarda toʻlash uchun zarur boʻlgan muddatlarda va miqdorlarda mablagʻlarni koʻzda tutsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-dekabr,
344-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-dekabrdagi 344-son qaroriga 1-ILOVA
“Praga imeks” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy tramvay vagonlarini Toshkent shahri uchun xarid qilish” loyihasining TIH
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-dekabrdagi 344-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarish
JADVALI
