Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (551-I-son)
26.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
551-I-son
