Tumandagi transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (145-q-son)
06.04.2013
Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimining
Qarori
Tumandagi xoʻjalik, tashkilot, muassasa va kichik korxonalar hisobida turuvchi texnik-transport vositalarini davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tumandagi transport vositalari 2013-yil mart oyidan boshlab yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish tuman komissiyasi (M. Hamrokulov)ga harbiy safarbarlik uchun biriktirilgan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
4. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tuman hududidagi barcha tashkilot, korxona va kichik korxonalar rahbarlaridan jadvalda koʻrsatilgan muddatlarda avtotransport vositalarini texnik holatini sozlab, Qoʻrgʻontepa 2-tumanlararo imtihon va roʻyxatga olish boʻlinmasi bilan transport sonini taqqoslab texnik koʻrikdan oʻtkazish talab qilinsin.
5. Shaxsiy transport haydovchilariga qarashli boʻlgan avtoulovlar joylardagi korxona, tashkilotlarning texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalarida oʻtkazilsin.
6. Buloqboshi gazetasi tahririyati (A. Gʻoziyev)ga mazkur qaror matnini gazeta sahifalari orqali keng ommaga yetkazish vazifasi topshirilsin.
7. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 3-fevraldagi 8-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. MAKSUDOV
Buloqboshi t.,
2013-yil 6-aprel,
145-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 6-apreldagi 145-Q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish tuman komissiyasi
TARKIBI:
Tuman hokimining 2013-yil 6-apreldagi 145-Q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini bajarilishini taʼminlash maqsadida tumandagi xoʻjalik tashkilot, muassasa va kichik korxonalar hisobida turuvchi texnik-transport vositalarini Davlat texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
