Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (300-q-son)
10.04.2013
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimining
Qarori
Tumandagi muqobil mashina traktor parklari, korxona, tashkilotlar, muassasa va firmalar hisobida turuvchi, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan mexanik transport vositalarini 2013-yillik davlat majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasini qoʻllab qaror qilaman:
1. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (I. Yusupov)ga, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (A. Baxranov)ga 2013-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar ixtiyoridagi, 1-martdan yuridik shaxslar hisobidagi mexanik transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishni uyushqoqlik bilan oʻz muddatida oʻtkazishni tashkillashtirsin.
2. Tumanda texnik koʻrikni sifatli va tartibli hamda belgilangan jadval asosida oʻtkazish maqsadida ilovaga muvofiq komissiya tarkibi tasdiqlansin.
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (U. Toshboyev)ga, tuman Mudofaa ishlar boʻlimi bilan kelishilgan holda texnik koʻrik oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va muqobil mashina traktor parklari, korxona, tashkilotlar, firmalar va muassasalarga texnik koʻrik oʻtkazish muddati haqida 10 kun oldin xabar qilish, texnik koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (U. Toshboyev)ga oʻtkaziladigan texnik koʻrikni sifatli tashkil etish va uning natijasi haqida shu yilning 15-iyuliga qadar har oʻn kunda tuman hokimligiga yozma ravishda axborot berish hamda shaxsiy transport vositalari egalariga yillik texnik koʻrik oʻtkazish qoidalari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari topshirilsin.
5. “Qoʻrgʻontepa haqiqati” muharririyati (A. Qoraboyev)ga texnik koʻrikni oʻtkazish qoidalari va jadvalini, shuningdek oʻtkazilayotgan texnik koʻrik qoidalari haqida maqolalarni gazeta sahifalarida keng yoritib borish belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2011-yil 30-dekabrdagi 80-f sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ERGAShEV
Qoʻrgʻontepa sh.,
2013-yil 10-aprel,
300-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 10-apreldagi 300-q-sonli qaroriga ILOVA
Tuman hududidagi mexanik transport vositalarining yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
