Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (373-son)
02.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1998-yil 4-yanvar kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniyat va gumanitar sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Bosh vazir oʻrinbosari A.A.Azizxoʻjayev va tashqi ishlar vaziri mazkur xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishini ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 2-sentabr,
373-son
