Tumanda 2013-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari toʻgʻrisida (IV-15/75-son)
25.08.2012
QAShQADARYo VILOYATI Xalq deputatlari Kasbi tuman kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 01-02/2-171-sonli selektor bayoni ijrosini taʼminlash, xususan tumanda 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. 2013-yil davomida tumanda yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari 1-ilovaga, xotin-qizlar uchun yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlari 2-ilovaga* hamda tuman Ishchi komissiyasi roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2- va 3-ilovalar berilmaydi.
2. 2013-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturlari parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
Ishchi komissiyasining hududlarga biriktirilgan aʼzolari:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borsinlar;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsinlar:
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, hokimliklar, masʼul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining masʼuliyatini koʻrib chiqish yuzasidan tuman Ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borsinlar;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
3. Tuman Iqtisodiyot boʻlimi (D. Zoitov) ga:
ushbu parametrlar boʻyicha tuman xokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishgan holda 2013-yilda har bir hudud (Qishloq va mahallalar)da yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, viloyat hokimligiga taqdim etsin;
2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin;
moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining hisobini yuritsin va nazoratga olsin.
4. Tijorat banklari yangi ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilgan kredit resurslari hajmlarini hududlar (qishloq va mahalla)lar boʻyicha, maqsadli yoʻnalishlar kesimida ajratishning reja jadvalini tasdiqlash va joylarga yetkazilishini taʼminlash:
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini joylarga chiqqan holda, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarni koʻrish hamda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (D. Zoitov), Axborot maslahat markazi unitar korxonasi(F. Haydarov):
hususiy tadbirkorlik, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda sohada yangi ish oʻrinlari yaratishga asosiy masʼul etib belgilansin;
kichik biznes subyektlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini joylarga chiqib oʻrgansin hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrsin;
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratish chora-tadbirlariga asosiy masʼul etib belgilansin;
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratishning prognoz parametrlari ijrosini taʼminlanishini qatʼiy nazoratga olsin.
6. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi vazifasini vaqtincha bajaruvchi ( X. Luqmonov):
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirsin va yangidan tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin;
taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun ish oʻrinlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4232-sonli Farmonining 1-bandida “mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʻpi bilan 20 foiz oshirilgan hollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qolishligini inobatga olgan holda amalga oshirsin.
7. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (I. Atavullev), Iqtisodiyot boʻlimi (D. Zoitov) bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirsin dastur ijrosi haqida umumlashgan maʼlumotlarni tuman hokimligiga har oy (hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasiga) kiritib borsin, dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar boʻyicha aniq takliflar kiritib borilsin.
8. Tuman statistika boʻlimi (A. Imomov) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (I. Atavullev), bilan birgalikda barcha chor-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylarining hisobining yuritilishini taʼminlasin, unga koʻra ish oʻrinlarining hisobi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi tomonidan 2011-yil 7-iyunda tasdiqlangan 31-QT/5-sonli “Yangidan tashkil qilingan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash va maʼlumotlarning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish yuzasidan hamkorlik qilish tartibi”ga koʻra amalga oshirilsin.
9. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (I. Atavullev), Iqtisodiyot boʻlimi (D. Zoitov) bilan birgalikda:
2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi haqidagi maʼlumotlarni har oyda (hisobot oyi uchun keyingi oyning 5-sanasiga) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga taqdim etib borishlari shartligi belgilab qoʻyilsin;
2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 2013-yilda yangi tashkil etiladigan va kengaytiriladigan obyektlar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari va sh.k.) kesimida muddatlar, moliyaviy manbalar, masʼullar boʻyicha aniqlashtirilgan holda tasdiqlansin;
har oyda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishi va belgilangan ish joylarining yaratilishini muhokama etib borsin;
tumanda hokim boshchiligidagi komissiya tarkibiga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan ishchi guruhi tashkil etilsin, ular zimmasiga yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan roʻyxatdan oʻtkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin;
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raisi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi F. ShARIPOV
Mugʻlon sh.,
2012-yil 25-avgust,
IV-15/75-son
“TASDIQLAYMAN” Tuman xokimi F.Sharipov 2012-yil 25-avgust
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish joylari yaratish
DASTURI
