Dehqonobod tumanida 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (X-531/8-son)
06.08.2012
QAShQADARYo VILOYATI Dehqonobod tumani hokimining
Qarori
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida tuman hokimligi, tegishli idoralar, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilikni va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Joriy yilning 6 oyida iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 2869 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi (dasturga nisbatan 102,6 foiz).
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dasturning barcha parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda hokimlik, korxona va tashkilotlar, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumanda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Dastur loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida ishchi guruh ish olib bormoqda.
Ishchi guruh tomonidan har bir fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalarini inobatga olib fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda.
Dasturda moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tarmoq” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar aniqlanib, ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlar hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Tumanda 2013-yilga moʻljallangan dasturning bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi, hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga amal qilgan holda qaror qilaman:
1. Dehqonobod tumanining 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi Ishchi guruhi 1-ilovaga, tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining dastur koʻrsatkichlari parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari mavjud tabiiy resurslar va xalq xoʻjaligida alohida ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda ishlab chiqarilayotgan xomashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etish va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar quvvatidan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (N. Soqiyev)ga ushbu dastur koʻrsatkichlari parametrlari boʻyicha ikki kun muddatda korxonalar bilan kelishgan holda 2013-yilda har bir hudud (mahallalar)da tashkil etiladigan ish oʻrinlari parametrlari boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib tuman hokimligiga taqdim etish hamda, 2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin.
4. Tuman tijorat banklari (B. Roziqov, D. Sharipov, M. Aliqulovlar)ga:
viloyat banklaridan 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilgan kredit resurslaridan Dehqonobod tumaniga ajratilishi reja-jadvalini tasdiqlatib olish, kredit yoʻnalishlarini yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
5. Tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini hokimlik, tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarini koʻrish tavsiya etilsin;
6. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (I. Kenjayev):
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirsin va yangidan tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi soʻralsin.
7. Yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha ishchi komissiyaga:
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari tumanning 2013-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Xolov) iqtisodiyot boʻlimi (N. Soqiyev) bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirsin, dastur ijrosi haqida tahliliy maʼlumotlarni hamda hisobotlarni Ishchi komissiyaga taqdim etib borish topshirilsin.
9. Davlat statistika boʻlimi (B. Omonov) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Xolov) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylari hisobining yuritilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari N. Boboyev, K. Xoliqov, D. Hasanovalar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. OMONOV
Qorashina sh.,
2012-yil 6-avgust,
X-531/8-son
Dehqonobod tumani hokimining 2012-yil 6-avgustdagi X-531/8-sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
Dehqonobod tumani hokimining 2012-yil 6-avgustdagi X-531/8-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash parametr koʻrsatkichlari
