2013-yilda tumanda moliyalashning barcha manbalari hisobidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari toʻgʻrisida (IV/XIV-2-son)
01.08.2012
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining
Qarori
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, tegishli boshqarmalar, idoralar, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilikni va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan 6 oyda iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 2,6 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda (dasturga nisbatan 101,8 foiz).
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dastur barcha parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Endigi asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda viloyatda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Tumanda 2013-yilda ish joylariga boʻlgan ehtiyoj va qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqilganda yangi ish joylariga boʻlgan ehtiyoj jami 5,1 mingtani, jumladan ishga joylashishga muhtojlar 2,7 mingtani, mehnat resurslarining iqtisodiy faol aholi qismi oʻsishi 2,3 mingtani, shundan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari 1,9 mingtani, mehnat resurslarining iqtisodiy faol aholi qismi kamayishi (pensiyaga chiqqanlar, vafot etganlar va boshqalar) hisobiga 609 tani, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytganlar hisobiga 1,0 mingtani tashkil etmoqda.
2013-yilda tashkil qilinadigan yangi ish oʻrinlari 5,1 mingtaga yaʼni, yangi ish joylariga boʻlgan ehtiyojini qondirish darajasi 97,2 foizni, mavjud boʻsh va vakant ish joylariga ishga joylashtirish 648 taga toʻgʻri kelmoqda.
Bundan tashqari tumanda har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalari inobatga olinib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Sanoat korxonalarini kengaytirish, texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar ham olib chiqilib, ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlari hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Tumanda inqirozga qarshi choralarning 2010 — 2013-yillarga moʻljallangan dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. 2013-yil davomida tumanda yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining parametrlari 1-ilovaga, hamda tuman Ishchi komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman Ishchi komissiyasi tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturlari parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
Ishchi komissiyasining hududlarga biriktirilgan aʼzolari:
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borsinlar;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoloqlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsinlar;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, hokimliklar, masʼul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining masʼuliyatini koʻrib chiqish yuzasidan Tuman Ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borsinlar;
hududiy dasturlarga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
3. Tuman Iqtisodiyot boʻlimi (M. Rustamov)ga:
ushbu parametrlar boʻyicha hokimlik bilan kelishgan holda 2013-yilda har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, tuman hokimligiga taqdim etsin;
2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin.
4. Tumandagi barcha tijorat banklari rahbarlariga:
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2013-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini joylarga chiqqan holda hokimliklar, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarini koʻrish;
Tuman Mikrokreditbank (T. Norqulov) hokimliklar bilan birgalikda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Tuman Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi (E. Qodirov):
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda sohada yangi ish oʻrinlari yaratishga asosiy masʼul etib belgilansin;
kichik biznes subyektlarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini joylarga chiqib oʻrgansin hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrsin.
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratish chora-tadbirlariga asosiy masʼul etib belgilansin;
iqtisodiy nochor va ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularda yangi ish oʻrinlari yaratishning prognoz parametrlari ijrosining taʼminlanishini qatʼiy nazoratga olsin.
6. Tuman Moliya boʻlimi (G. Tursunov) sugʻurta idoralari bilan birgalikda yirik sugʻurta idoralarining har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida filiallari(vakolatxonalari) tarmogʻini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida 2012-yilda yangidan tashkil etiladigan obyektlarining manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin.
7. Tuman Davlat Soliq inspeksiyasi ( M. Xudoyberdiyev):
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirsin va yangidan tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Egamberdiyev) Iqtisodiyot boʻlimi (M. Rustamov) bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosining har oylik tizimli monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirsin, dastur ijrosi haqida umumlashgan maʼlumotlarni tuman hokimligiga har oy (hisobot oyi uchun keyingi oyning 5-sanasiga) kiritib borsin, dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar boʻyicha aniq takliflar kiritib borilsin.
9. Tuman statistika boʻlimi (G. Itolmasov) Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Egamberdiyev) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylarining hisobini yuritilishini taʼminlasin.
10. Tuman ishchi komissiyasi:
2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi haqidagi maʼlumotlarni har oyda (hisobot oyi uchun keyingi oyning 5-sanasiga) Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etib borishlari shartligi belgilab qoʻyilsin;
2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 2013-yilda yangi tashkil etiladigan va kengaytiriladigan obyektlar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon hoʻjaliklari va sh.k.) kesimida muddatlar, moliyaviy manbalar, masʼullar boʻyicha aniqlashtirilgan holda tasdiqlansin;
2013-yildan boshlab har oyda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari bilan birgalikda 2013-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishi va belgilangan ish joylarining yaratilishini muhokama etib borsin;
har bir ishchi komissiya aʼzolari tarkibiga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan ishchi guruhlari tashkil etilsin, ular zimmasiga yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash choralarini koʻrish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan roʻyxatdan oʻgkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin;
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi P. ALLAQULOV
Muborak t.,
2012-yil 1-avgust,
IV/XIV-2-son
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining 2012-yil 1-avgustdagi IV/XIV-2-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida 2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash
DASTURI
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining 2012-yil 1-avgustdagi IV/XIV-2-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda “2013-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ni ishlab chiqish va ijrosi monitoringini taʼminlash boʻyicha hududiy Ishchi komissiya
tarkibi
